Xorazm va Qashqadaryoda “valyutchik”lar ushlandi

21:16 15 Iyul 2025 Jamiyat
184 0

Xorazm va Qashqadaryo viloyatida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A. va U.A. fuqaro X.R.dan 12 ming dollarni 151,2 soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Urganch shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar Sh.X. va K.J. fuqaro M.X.dan 4,7 ming dollarni 48,9 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Yana bir holat, Hazorasp tumanidagi tezkor tadbirda fuqarolar M.A. va A.Y. fuqaro U.A.dan 3,7 ming dollarni 43,3 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan (muqaddam sudlangan) J.X. fuqaro X.R.dan 4 ming dollarni 50,4 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?