Xorazm teatri yangi mavsumni “Manqurt” spektakli bilan boshladi        

15:47 13 Sentyabr 2023 Jamiyat
253 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Urganch shahrida Xorazm viloyat musiqali drama teatrining 101-mavsumi ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tomoshabinlar yangi mavsumni qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asosida sahnalashtirilgan “Manqurt” spektakli bilan qarshi oldilar.

“Manqurt” soʻzi koʻchma maʼnoda oʻz tarixini, oʻz naslini, oʻzining tomirlarini unutgan kishiga nisbatan ishlatiladi,— deydi Urganch davlat universiteti talabasi Oʻgʻiljon Otajonova.— Buyuk adib Chingiz Aytmatov oʻzligini yoʻqotgan avlodni ana shunday manqurtlarga oʻxshatadi. Asar gʻoyasi obrazlarning ichki kechinmalari, aktyorlarning betakror ijro mahorati orqali toʻliq ochib berilgan. Tomosha muxlislarga yoqdi.

Eʼtiborli jihati, spektaklni sahnalashtirish jarayonida teatr jamoasi yillar davomida shakllangan anʼanalarni saqlab qolgan holda, oʻziga xos yondashuv bilan zamonaviy texnologiyalarga dadil murojaat etgan. Bu esa teatr ixlosmandlariga juda maʼqul boʻldi.

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?