Xivada tarixiy film yaratilmoqda
Pahlavon Mahmud hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Xiva langari” tarixiy filmini suratga olish ishlari qizgʻin davom etmoqda. Ayni vaqtda Xivadagi Ichan qalʼa majmuasining Kunya-ark saroyida Pahlavon Mahmud oʻz otasidan poʻstindoʻzlik va telpakdoʻzlik hunarini oʻrganishi jarayoni tasvirga olinmoqda.
Badiiy filmda Xorazm vohasining oʻziga xos qadimiy urf-odatlari bilan birga oʻsha davrga xos milliy kiyim-kechaklar, qurol-aslahalar bazasi aks ettiriladi. Pahlavon Mahmud hayotini ifodalash orqali ming asrlardan buyon oʻz tarixini saqlab qola olgan koʻhna Xiva bilan bogʻliq milliy va qadimiy obidalar, yurt bagʻrida yetishib chiqqan faylasuflar ijodi haqida hikoya qilinadi.
Filmning postanovkachi rejissyori Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Hamidulla Hasanov, postanovkachi operator Habibulla Hasanov, rassom Nigʻmat Joʻrayev hamkorlikda ish olib borayaptilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring