Xivada xalqaro Etnosport festivali boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-maydagi “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-259-sonli qaroriga asosan Xalqaro Etnosport festivali joriy yilning 7 – 10-sentyabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan Qalʼa” majmuasida ilk marotaba tashkil etiladi.
Festivalning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 8-sentyabr kuni soat 19:00 da oʻtkaziladi.
Xalqaro Etnosport festivali doirasida:
— Butunjahon Etnosport konfederatsiyasi bilan hamkorlikda etnosport turlarini rivojlantirish va yanada ommalashtirish boʻyicha Forum;
— hududlardan kelgan mohir oshpazlar ishtirokida ikki boʻlimdan iborat osh pishirish musobaqasi;
— mamlakatimizda yetishtirilgan sara qovunlardan iborat qovun sayli;
— xalqimizning milliy madaniyati va urf-odatlarini namoyon qiluvchi hunarmandchilik mahsulotlari hamda sanʼat asarlaridan koʻrgazmali maydonchalar;
— 3 ta jahon chempionati (bahodirlar oʻyini va tosh koʻtarish, mas restling, oʻzbek jang sanʼati);
— belbogʻli kurash boʻyicha xalqaro turnir;
— 6 ta sport turlari boʻyicha (turon yakkakurashi, kurashi, bel olish va uch kurashi, ot sporti turlari, kamondan otish va qushlar ovi) boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar;
— 12 ta milliy xalq oʻyinlari (kim oladiya, yelkada kurash, chillak, mindi, xoʻrozlar jangi, qarmoqcha, oq terakmi — koʻk terak, toʻptosh, oʻrtaga turish, haykal, xamir patir, lanka) boʻyicha koʻrgazmali oʻyinlar;
Shu bilan birga, Butunjahon Etnosport konfederatsiyasi raisi Najmeddin Bilol Erdoʻgʻan va Oʻzbekiston yoshlari uchrashuvi tashkil etiladi.
Mazkur tadbirlarga 63 ta davlatlardan jami 1884 nafar, shundan 928 nafar xorijiy, 956 nafar mahalliy mehmonlarning ishtiroki kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring