Xitoyda Buxoro viloyatining eksport imkoniyatlari va sarmoyaviy salohiyati taqdim etildi
Buxoro viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida biznes-forum tashkil etildi.
Tadbirda Xitoy Xalqaro rivojlanish kengashi, yirik kompaniya va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga Buxoro viloyatining eksport imkoniyatlari hamda sarmoyaviy salohiyati yuzasidan batafsil taqdimot oʻtkazildi. Xitoy kompaniyalari viloyatning erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanishga chaqirildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Xitoy Xalqaro rivojlanish kengashi kotibiyat mudiri Szyan Yuy ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlik aloqalari tobora kengayib borayotganini taʼkidlab, xitoy kompaniyalari mamlakatimiz bozorida faoliyat olib borishga qiziqishi katta ekanligini bildirdi.
Forum davomida oʻtkazilgan tor doiradagi uchrashuvlarda turli sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻnalishlarida loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring