Xitoy Ukrainaga harbiy kontingent yuborish haqidagi xabarni rad etdi
Foto: Getty Images
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyan Welt nashri tarqatgan xabarni rad etdi.
TASS tarqatgan maʼlumotga koʻra, Xitoy hukumati Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari doirasida harbiy kontingent yuborishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq Welt gazetasi Pekin Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar yoʻllashga tayyorligi haqida yozgandi.
“Bu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Xitoyning Ukraina masalasi boʻyicha pozitsiyasi aniq va izchil”, — dedi Lin Szyan.
Shuningdek, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens ham Vashington Ukrainaga oʻz qoʻshinlarini joʻnatmasligini maʼlum qildi. Biroq AQSH Kiyev xavfsizligini taʼminlashda faol rol oʻynashini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring