Xitoy cheksiz energiya taqdim etuvchi lazerli qurilmani yaratmoqchi

07:28 06 Fevral 2025 Dunyo
178 0

Sunʼiy yoʻldosh orqali olingan tasvirlar Xitoyda yadro sintezi boʻyicha yirik tadqiqot markazi qurilayotganini koʻrsatdi. Bu haqda “CNN” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kosmosdan olingan suratlar orqali Xitoyning janubi-gʻarbiy qismida toshloq yerdan koʻtarilgan “X” shaklidagi ulkan bino aniqlangan. Bu yirik termoyadroviy tadqiqot inshooti, ​​deydi tahlilchilar.

Mutaxassislarning fikricha, markazda lazer nurlari va vodorod yadrolarini birlashtirib ulkan energiya hosil qilish ustida izlanishlar olib boriladi.

Agar obyekt haqiqatan ham lazer qurilmasi boʻlsa, u ekstremal sharoitlarda materiallarni oʻrganish va yulduzlar markazida yoki yadroviy qurollarda boʻladigan bosimlarni hosil qilish imkonini beradi. Ushbu texnologiya toza va cheksiz energiya manbai sifatida katta istiqbolga ega.

Ayrim tahlilchilar bu loyiha Xitoyning yadroviy qurol dasturlarini rivojlantirish maqsadida ham qoʻllanilishi mumkinligini taʼkidlagan. AQSH hozircha bu yoʻnalishda yetakchi hisoblanadi, ammo Xitoy sohada peshqadam boʻlish uchun katta qadamlar tashlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер