Xavfsizlik kengashida ayrim masʼullar ishdan olindi
Bugun, 25-iyul kuni Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashida ayrim masʼullar ishdan olindi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Talʼat Shuxratovich Valiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Administratsiya farmoyishi bilan Baxodir Baxtiyarovich Maxmudov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirilishini taʼminlash va xalqaro gumanitar hamkorlik shoʻbasi mudiri lavozimidan, Shovqiddin Abduvaliyevich Karshiyev Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati Davlat chegarasi xavfsizligi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni taʼminlash shoʻbasi bosh konsultanti lavozimidan ozod qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring