Xarbindan xushxabar! Oʻzbekistonlik sportchilar figurali uchish bahslarida oltin medalga ega chiqdi
Foto: MOQ
Xarbindagi Qishki Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi ilk medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Dmitriy Chigirey hamda Yekaterina Geynish juftligi 176.43 ball jamgʻarib, musobaqada eng yaxshi natijaga qayd etib, Osiyo oʻyinlari chempioniga aylanishdi.
Aytish joiz, delegatsiyamiz 26-yillik tanaffusdan soʻng yana bir bor qishki Osiyo oʻyinlarining oltin medaliga sazovor boʻldi.
Mazkur natijadan soʻng Oʻzbekiston ham medallar jamgʻarish reytingiga kirib oldi va 5-oʻringa joylashdi.

Kuchli uchlikdan mos ravishda Xitoy, Koreya Respublikasi va Yaponiya oʻrin olgan. Reytingning 4-pogʻonasini esa qoʻshni Qozogʻiston band etib turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring