Xalqlarimiz qardoshligi, madaniy yaqinligi namoyon bo’ldi (Fotoreportaj)
Xorazm viloyati drama teatrida O’zbekiston va Turkmaniston san’at ustalari ishtirokida kontsert bo’lib o’tdi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.
O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Ikki mamlakat vakillari hamkorlikda kontsertlar, festivallar, ko’rgazmalar tashkil etmoqda, turli tanlov va musobaqalarda qatnashmoqda. 2016 yil noyabrda mamlakatimizda Turkmaniston madaniyati kunlari, 2017 yil noyabrda esa Turkmanistonda O’zbekiston madaniyati kunlari o’tkazildi.
Yurtimizda turkman milliy madaniyat markazlari, qo’shni mamlakatda o’zbek milliy madaniyat markazlari tashkil etilgan. O’zbeklar va turkmanlarning o’z tili, madaniyatini boyitishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Kontsertda o’zbek va turkman tilida kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Bu xalqlarimizning azaliy qardoshligi, madaniy yaqinligini yana bir bor namoyon etdi, ikki mamlakatning mumtoz va zamonaviy san’ati bilan keng tanishish uchun qulay imkoniyat bo’ldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring