“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

18:33 04 Aprel 2023 Hujjatlar
951 0

Foto: Arxiv surat

Qarorga muvofiq, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlari saylov organlari rahbarlarining Maslahatlashuv kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022-yil 14-oktyabr kuni Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan.

Markaziy saylov komissiyasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер