Xalqaro IT sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmi qaytarib beriladi
Foto: Illustrativ foto
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda IT Park boʻlim boshligʻi Jamila Xalibayeva maʼlum qildi.
Xalqaro IT-sertifikatlarini olishda ragʻbatlantirish tizimi IT-Park va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirildi.
Dastur bilan IT-mutaxassislariga xalqaro sertifikat olishga sarflanadigan mablagʻning 50 foizigacha kompensatsiya olish imkonini beriladi.
Kompensatsiya pulini xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari qoʻlga kiritishi mumkin. Kompensatsiya olish uchun arizalar onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali yuboriladi.
Kompensatsiya olish uchun sertifikat olgandan soʻng 180 kundan kechiktirmaslik lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring