“Xalq soʻzi” gazetasining 2020-yil 13-avgust sonida qanday maqolalar chop etildi?

11:24 13 Avgust 2020 Jamiyat
1256 0

Gazetaning bugungi sonida Prezidentimizning “Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” mavzuidagi inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi ishtirokchilari tabrigi eʼlon qilingan.

Forum tafsilotlari, ishtirokchilar fikrlari bilan esa “Samarqand yoshlar forumi global miqyosdagi birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlarini, tinchlik va taraqqiyotni taʼminlash yoʻlida navqiron avlod tomonidan qoʻyilgan muhim amaliy qadam” maqolasida tanishishingiz mumkin.

Endi kimyo va biologiya fanlar chuqur oʻrgatiladi. Bu boradagi qilinajak ishlar, belgilangan vazifalar nimalardan iborat? Bu savollarga Prezidentimizning “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroridan javob olishingiz mumkin.

Kambagʻal va ishsiz fuqarolar kasb-hunarga oʻqitiladi. Bunda “Ishga marhamat” monomarkazlarining roli qanday boʻladi? Chet elda, xususan, Rossiya federatsiyasida ishlayotgan fuqarolarga qanday yordam koʻrsatiladi?  Prezidentimizning “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida ana shunday vazifalar aks ettirilgan.

“Zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanadi” va “Yetuk mutaxassislar har qanday soha rivoji kafolatidir” maqolalarda esa mutasaddilar Prezidentimizning “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari haqida oʻz fikrlarini bildirishgan.

Yangi markaz faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Prezidentimizning “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ushbu markazning maqsad va vazifalari belgilab berilgan.

“Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” mavzuidagi inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi nafaqat yurtimizda katta qiziqish bilan yoritilmoqda, balki dunyo OAVlarining ham eʼtiborini tortgan voqeaga aylandi. “Kunning muhim siyosiy voqeasiga aylandi dunyo ommaviy axborot vositalari ushbu anjumanni keng yoritmoqda” sarlavhali maqolada shular xususida soʻz boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер