“Xalq banki”ning Namangan filialida firibgarlik sodir boʻldi

20:58 12 Avgust 2025 Jamiyat
645 0

“Xalq banki”ning Namangan viloyati mintaqaviy markazi yollanma xodimi bankning dasturiy taʼminotiga noqonuniy kirgan holda, bank hisobidagi 9,5 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirib oldi. Bu haqda bankning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu voqea joriy yilning aprel oyida sodir boʻlgan. Noqonuniy holat bankning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat qilingan.

Hozirda ushbu ishga aloqador boʻlgan shaxslarga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер