Kenjaboyev va Neʼmatov jarimaga tortildi, “Andijon“ klubi esa reglamentiga rioya qilmagani uchun jazolandi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
Superliga
“Mashʼal” — “Buxoro”
Superliga 23-turidan oʻrin olgan “Mashʼal” — “Buxoro” uchrashuvining 30-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Frane Ikich raqib futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Xorazm” — “Navbahor lochinlari”
Superliga 24-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 60-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Diyorbek Ortiqboyev raqib futbolchisiga oyoq tagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.
“Andijon” — OKMK
Superliga 23-turidan oʻrin olgan “Andijon” — OKMK uchrashuvida “Andijon” klubi uchrashuvni tashkil etishda reglament talablariga rioya qilmagan (stadion tablosi, reklama shitlari, homiylar roliklari ishlamagan).
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Andijon” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Neftchi” — “Andijon”
Superliga 24-turidan oʻrin olgan “Neftchi” — “Andijon” uchrashuvidan soʻng “Neftchi” jamoasi futbolchilari mikst-zonadan harakatlanmasdan boshqa yoʻldan stadionni tark etishgan.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Neftchi” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro” — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 24-turidan oʻrin olgan “Buxoro” — “Paxtakor” uchrashuvining 54-daqiqasida ikki jamoa futbolchilari oʻzaro janjallashib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqardi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Paxtakor” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
OKMK — “Bunyodkor”
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan OKMK — “Bunyodkor” uchrashuvining 20-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Aziz Xolmurodov simulyatsiya ishlatgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Aziz Xolmurodovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan OKMK — “Bunyodkor” uchrashuvining 87-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Martin Sroler oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Martin Srolerga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Shoʻrtan” — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan” — “Paxtakor” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Shohruxjon Eshboʻtayev oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shohruxjon Eshboʻtayevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Xorazm” — “Qoʻqon-1912”
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Qoʻqon-1912” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Qoʻqon-1912” jamoasi futbolchisi Shahzod Akramov oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahzod Akramovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Buxoro” — “Navbahor lochinlari”
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Buxoro” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 86-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Frane Ikich oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Frane Ikichga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Qizilqum” — “Nasaf”
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Suxrob Nurulloyev oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Suxrob Nurulloyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” uchrashuvining 68-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Bobomurod Bozorov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Bobomurod Bozorovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 22-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” uchrashuvining 74-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Islom Kenjaboyev hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Islom Kenjaboyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Nasaf” — “Xorazm”
Superliga chempionatining 23-turidan oʻrin olgan “Nasaf” — “Xorazm” uchrashuvining 88-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Jasur Azimov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Jasur Azimovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 23-turidan oʻrin olgan “Nasaf” — “Xorazm” uchrashuvining 78-daqiqasida “Xorazm” jamoasi direktori Roʻzimboy Ahmedov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Roʻzimboy Ahmedovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 23-turidan oʻrin olgan “Nasaf” — “Xorazm” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Abduvohid Neʼmatov oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abduvohid Neʼmatovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Dinamo” — “Shoʻrtan”
Superliga chempionatining 23-turidan oʻrin olgan “Dinamo” — “Shoʻrtan” uchrashuvidan soʻng “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Choriyor Tursunqulov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Choriyor Tursunqulovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Soʻgʻdiyona” — “Neftchi”
Superliga chempionatining 23-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” — “Neftchi” uchrashuvining 84-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” jamoasi murabbiyi Ivan Boshkovich hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ivan Boshkovichga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Xorazm” — “Navbahor lochinlari”
Superliga chempionatining 24-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 86-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Umidjon Ergashev oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Umidjon Ergashevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Superliga chempionatining 24-turidan oʻrin olgan “Xorazm” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Jamshid Boltaboyev hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Jamshid Boltaboyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Surxon” — “Dinamo”
Oʻzbekiston Superligasi 24-turidan oʻrin olgan “Surxon” — “Dinamo” uchrashuvining 84-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Edem Nemanov oʻyin vaqtini choʻzgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Edem Nemanovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
“Bunyodkor” — “Nasaf”
Oʻzbekiston Superligasi 24-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Amir Toʻraqulov hakam qaroriga eʼtiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
• Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Amir Toʻraqulovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring