Kelgusi o‘quv yilidan bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkazamiz — Shavkat Mirziyoyev
“Pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarni alohida yondashuv asosida rivojlantiramiz.
Kelgusi o‘quv yilidan:
— bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkazamiz;
— magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
— kadrlar yetishmaydigan, ta’lim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Bunda, buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yamiz.
Pirovardida, 2030 yilga borib bog‘cha tarbiyachisi ham, maktab o‘qituvchisi ham faqat va faqat oliy ma’lumotli bo‘ladi”, – dedi nomzod.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring