Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli bunyodkorlar
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun tantanali tadbir tashkil etildi. Unda davlatimiz rahbarining quruvchilarga tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi o‘qib eshittirdi.

Qutlovda so‘nggi yillarda yurtimiz ulkan qurilish va bunyodkorlik makoniga, qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biriga aylangani alohida qayd etilgan. Sohaning yalpi ichki mahsulotimizdagi ulushi 6 foizdan ko‘proqni tashkil etayotgani buning yaqqol tasdig‘idir. Oxirgi yetti yarim yilda 26 million kvadrat metrlik qariyb 10 mingta uy-joy barpo etildi. Joriy yilda 52 ta hududda “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilmoqda. “Yangi Toshkent” va Olimpiya shaharchasi kabi mega ob’yektlarda ham bunyodkorlik ishlari yuqori sur’atlar bilan olib borilmoqda.

Shu bilan birga, soha oldida katta vazifalar turgani ta’kidlandi. Ularni ado etishda katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan ishchi va quruvchi, me’mor va muhandislar, olim va mutaxassislar yanada jonbozlik ko‘rsatib, qurilish sohasi ravnaqini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi.























Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring