Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda kartoshka narxining 12 ming soʻmga yetgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi bu boʻyicha izoh berib, narxlarning shakllanishi va pasayishi boʻyicha prognozini eʼlon qildi.
Unga koʻra bugungi kunda Toshkent shahridagi yirik bozorlarda kartoshkaning narxi 9–10 ming soʻm atrofida boʻlib, arzonlashtirilgan yarmarkalarda 5–6 ming soʻmgacha sotilgan.
Kartoshka narxining oshishiga takroriy ekilgan maydonlarda hosil kam boʻlishi, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi va importdagi transport muammolari sabab boʻldi. Soʻnggi yillarda urugʻlik, oʻgʻit, yoqilgʻi va suv soliqlari narxi keskin oshgani ham tannarxga taʼsir qildi.
Narxlarni barqarorlashtirish uchun 245 ming tonna kartoshka zaxiraga olinib, 9,9 ming tonnasi bozorga chiqarildi. Shuningdek, Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Pokiston va Eron davlatlaridan 94 ming tonna kartoshka import qilindi.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, fevral mart oylarida narxlar barqarorlashib, aprel–may oylarida esa yangi hosil bozorga chiqishi bilan pasayish kutilmoqda. 2025-yil hosili uchun 122 ming gektar maydonga kartoshka ekish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring