Karmanaliklar qachon oqova suv tizimiga ega boʻlishadi?
Qadim Karmana asos solinganidan beri oqova suv muammosi aholini bezovta qilib keladi.
— Ayniqsa, yogʻingarchilik mavsumlarida ayrim koʻchalarimizdan oylab koʻlmaklar tortilmaydi, — deydi shifokor Ibrohim Hoshimov. — Aholi xonadonlari, hovlilarda iflos boʻlgan suvlarni-ku aytmasak ham boʻladi. Afsuski, bu suvlar infeksiya oʻchogʻi sanaladi.
Karmana aholisini yillar davomida tashvishga solib kelgan muammoni bartaraf etish maqsadida 2022-yil 18-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish”, shuningdek, “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qariyb olti yilga moʻljallangan ushbu hamkorlik loyihasi doirasida Karmanada umumiy qiymati 28,5 mln yevro boʻlgan zamonaviy oqova suv tizimlari barpo etilmoqda. Loyihaga koʻra, sutkasiga 8 ming kub metr oqova suvni tozalash quvvatiga ega inshoot, 4 ta nasos stansiyasi quriladi, 152 kilometrlik oqova tarmoqlari tortiladi. Natijada 50 ming nafar aholining koʻp yillik muammosi oʻz yechimini topadi.
Yaqinda Fransiya taraqqiyot agentligi vakillari Karmana tumani hokimi qabulxonasida boʻlib, loyihaning borishi, hal etilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Taʼkidlash joizki, loyihaning amaliyotga joriy etilishi natijasida Karmanada aholi va tadbirkorlar uchun oqova suv xizmatlaridan foydalanish darajasi keskin oshadi. Bu esa hududning sanitariya-epidemiologik va ekologik holatini yaxshilash bilan birga, qadimiy shaharning sayyohlik jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring