Kann kinofestivali doirasida oʻzbek pavilyoni ochiladi
Bugun Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov CNCning audiovizual hamkorlik masalalari boʻyicha attashe Emmanuel Fosiyon bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Kann festivali doirasida hamkorlik memorandumini imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi.
14-25-may kunlari oʻtkaziladigan 77-Kann kinofestivali doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz pavilyonini ochadi. Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi ushbu pavilyon ochilishida ishtirok etadi.
Festival doirasida Fransiya milliy kinematografiya va animatsiya markazi hamda Kinematografiya agentligi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan. Kinematografiya agentligi va Fransiya Milliy Kino va animatsiya markazi vakillarining soʻnggi 76-Kann kinofestivalida boʻlib oʻtgan muzokaralari chogʻida paydo boʻlgan kelishuv loyihasi gʻoyasi bu yilgi kinofestivalda amalga oshiriladi. Memorandum 18-may kuni CNC pavilyonida imzolanadi.
Shuningdek, Kann kinofestivalida 3 nafar oʻzbek rejissyori oʻzining yangi loyihalari bilan CNC tomonidan oʻtkazilayotgan pitchingda Oʻzbekiston nomidan ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring