Yoʻlaklar nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilmoqda

Sirdaryo viloyatidagi shaharlar va tuman markazlarida bir qancha yoʻlaklar nogironligi bor piyodalarning ravon va xavfsiz harakatlanishiga moslashtirilmoqda. Jumladan, yoʻlaklarga maxsus taktil qoplamalar terilayotir hamda zarur joylarga panduslar qurilmoqda. Svetoforlarga esa koʻzi ojiz piyodalar uchun yashil yoki qizil chiroq yonganidan xabar beradigan signal uskunalari oʻrnatilmoqda.
Shuningdek, maxsus qoplama(bruschatka)lar ham koʻzi ojiz kishilarga yoʻlkoʻrsatkich sifatida xizmat qiladi. Mutaxassislarning aytishicha, ushbu qoplamalardagi boʻrtmalar miqdori koʻzi ojiz yoʻlovchining harakati uchun muhim maʼlumotlar vositasi hisoblanadi. Yaʼni uch boʻrtmalisi harakatlanish mumkinligini bildirsa, boshqasi chorraha haqida axborot beradi.
— Tunov kuni Guliston shahrining yaqinda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilgan yoʻlaklaridan yurdim va harakatlanishda hech bir qiyinchilik sezmadim, — deydi Guliston tumanidagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ingliz tili oʻqituvchisi Odinaxon Komilova. — Bu albatta, piyodalar yoʻlaklarining biz koʻzi ojizlarning ravon harakat qilishimizga moslashtirilgani tufaylidir. Shuni mamnuniyat bilan aytamanki, ushbu yangilik va oʻzgarishdan juda shod boʻldik.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring