Jizzaxda 1,1 mlrd soʻmga qurilgan stadion tomini qor bosib qoldi
Foto: Telegram
Jizzax viloyatidagi maktabda 1,1 mlrd soʻmga qurilgan sunʼiy qoplamali stadion tom qismi qulab tushdi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” munosabat bildirdi.
Dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, stadion tom qismining qulab tushishiga kuchli tabiiy ofat — shamol va qalin qor yogʻishi sabab boʻlgani aniqlangan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda holat yuzasidan buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
“Pudrat tashkiloti tomonidan loyihaga muvofiq tiklash ishlari amalga oshiriladi va stadion tez kunlarda qayta tiklanib, foydalanishga topshiriladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, mazkur obyekt Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida hamda “Suvinshoot qurilish loyiha” MChJ pudratchiligida qurilgan boʻlib, loyiha shartnoma qiymati 1 milliard 190 million soʻmni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring