Yirik loyihaga tamal toshi qoʻyildi

11:02 28 Iyul 2025 Jamiyat
109 0

Xoʻjaobod tumani hududidagi 100 gektar maydonda “Andijon texnoparki” maxsus iqtisodiy zonasini qurish ishlari boshlandi.

— Oʻzbekistonda xorijiy investorlarga yaratilgan qulay sharoitlar tufayli ushbu loyihada ishtirok etishga qaror qildik, — deydi Xitoyning “Zhongge Investment” kompaniyasi vakili Fan Youxu. — Texnopark foydalanishga topshirilgach, mamlakat iqtisodiyotida yetakchi oʻrinni egallovchi muhim obyektlardan biriga aylanadi.

Investor tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida qiymati 300 mln. dollarni tashkil qilgan texnoparkda shourumlar, mehmonxonalar, kompleks xizmat koʻrsatish shoxobchalari va 51 ta ishlab chiqarish zavodlari quriladi. Dastlabki yilda zamonaviy, eng soʻnggi rusumdagi texnologiyalar orqali ishlab chiqarilgan 82 turdagi 60 mln. dollarlik qurilish ashyolari xorijga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер