“Yillar, yoʻllar va zafarli kunlar”

Rahmatjon BOBOJONOV/“Xalq soʻzi”. Toshkent davlat agrar universitetida Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Muhammad Ali Saidovning 60-yilligi munosabati bilan “Yillar, yoʻllar va zafarli kunlar” mavzusidagi ilmiy-ijodiy tadbir hamda muallifning 35 nomdagi kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda professorlar, olim taʼlim muassasalari oʻqituvchi-murabbiylari, olimning safdoshlari va yaqinlari, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan olimning hayot yoʻli ilm va ustozi yoʻlini tanlagan shogirdlari, qolaversa, yangi Oʻzbekistonning gʻayratli yoshlari uchun namuna maktabi vazifasini oʻtishi, u nafaqat oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari yoʻlida intilib yashayotgan taniqli iqtisodchi olim, balki halol va namunali mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oliy taʼlim sohasi fidoiysi ekani, xususan, uning muallifligida chop etilgan ushbu 35 ta kitob salmogʻi va beradigan sabogʻi jihatdan ulkan ahamiyatga egaligi taʼkidlandi.
Tadbir doirasida universitet rektori N.Oblomuradov Qishloq xoʻjaligi vaziri I.Abdurahmonov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipovning professor Saidov Muhammad Ali Hakimovich tavalludining 60-yilligi munosabati bilan tabrik soʻzlarini oʻqib eshittirdi.
— Muhammad Ali Saidov mustaqil Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimi rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan yetuk olim, barkamol pedagog, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni mustahkam ilmiy asoslarda ilgari surayotgan fidoyi mutaxassislardan biridir, — deyiladi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tabrigida. — Uning boy hayotiy va ilmiy tajribasi nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro miqyosda ham yuqori baholanmoqda. Uning muallifligida 500 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 50 ta xorijiy ilmiy jurnallarda, 15 ta Scopus bazasiga kirgan maqolalar, 5 ta darslik, 15 ta monografiya va 25 dan ziyod uslubiy qoʻllanmalar nashr qilingani soʻzimiz isbotidir.
Darhaqiqat, Muhammad Ali Saidov bosib oʻtgan hayot yoʻli, jumladan, bir qator davlat va taʼlim muassasalarida olib borgan faoliyati bilan koʻplarga oʻrnak boʻladi. Xususan, 2016-yildan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida “Agroiqtisodiyot” kafedrasi mudiri lavozimida amalga oshirayotgan serqirra va mashaqqatli, ayni paytda, mazmunli hamda sharafli mehnat faoliyati ham bunga yaqqol misol.
Ilmiy-ijodiy kecha olim tomonidan shu paytgacha nashr etilgan va keng oʻquvchilar qoʻliga yetib borgan 35 nomdagi toʻplam taqdimotiga ulandi. Xususan, “Olim taʼlim tizimida moliyaviy boshqaruv”, “Olim taʼlim menejmenti va iqtisodiyoti”, “Ilmiy ijod metodologiyasi”, “Olim taʼlim muassasalarini moliyalash” kabi toʻplamlar shular jumlasidan. Yigʻilganlarga avvalo ushbu kitoblarning ahamiyati haqida maʼlumot berildi. Oʻquvchilar kitoblarni istalgan joydan maxsus QR kodni skanerlash orqali mutolaa qilishlar mumkin.
Tadbir yakunida olimning oʻzi ham soʻzga chiqib, ilmiy va hayotiy tajribalari borasida fikr-mulohazalarini bildirdi, xususan, muallifligida chop etilgan kitoblarning ahamiyati haqida toʻxtalib, ushbu toʻplamlar koʻplab ilm ixlosmandlari va navqiron avlod vakillari uchun qimmatli manba boʻla olishini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring