Iyul oyida baʼzi hududlarda harorat meʼyordan yuqori boʻldi - “Oʻzgidromet”
Oʻzbekistonning koʻplab hududlarida iyul oyida oʻrtacha oylik harorat oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlib, markaziy viloyatlarning qator tumanlarida va respublikaning janubida meʼyordan 1-1,7 darajaga yuqori boʻldi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yili iyul oyining katta qismida harorat tartibi juda qulay boʻldi, bunday holat Oʻzbekistonda yoz faslining oʻrtasi uchun xos emas.
Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 32-37 daraja issiq atrofida boʻldi. Faqat respublika janubida va choʻl hududlarida baʼzi joylarda havo kunduz kunlari 39-41 darajagacha isidi.
Iyul oyi uchinchi oʻn kunligining boshidan boshlab issiq asta-sekin koʻtarila boshladi va oʻn kunlikning oʻrtalariga kelib haroratning maksimal qiymati 38-41 darajaga, choʻl hududlari janubida 42-44 darajaga, Oʻzbekistonning eng janubiy nuqtasi — Termiz shahrida esa 45-46 darajaga yetdi. 25—28-iyul kunlari issiq eng yuqori choʻqqiga koʻtarilishi kuzatildi. Oyning oxirgi kunlarida harorat bir oz pasaydi.
Oʻtgan iyul oyida Oʻzbekistonning barcha hududlarida maksimal havo harorati oʻzining rekord koʻrsatkichlardan ancha uzoq boʻldi.
Maksimal harorat 40 daraja va undan yuqori boʻlgan kunlar soni 2024-yil iyul oyida hududning katta qismida 1-3 kunni, choʻl hududlarda 4-7 kunni tashkil etdi. Maksimal harorat 40 daraja va undan yuqori boʻlgan eng koʻp kunlar soni dasht hududida (Muborak) — 11 kun va eng chekka janubda (Termiz) — 15 kun kuzatildi.
Oʻtgan iyul oyida maksimal havo harorati 40 daraja va undan yuqori boʻlgan kunlar soni soʻnggi 10-yil ichida eng kam boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring