Istanbulda bir guruh Oʻzbekiston fuqarolari qoʻlga olindi

13:13 03 Oktyabr 2025 Jamiyat
232 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Istanbul shahrida bir guruh Oʻzbekiston fuqarolari qoʻlga olingani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 29-sentyabr kuni Istanbulda 6 nafar shaxs mahalliy politsiya tomonidan qoʻlga olinib, 30-sentyabr kuni Maltepe yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu shaxslar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda.

“Tintuv tadbirlari davomida olingan ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan. Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda”, — deyiladi munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер