“Istanbul Bashakshehir” yana magʻlubiyatga uchradi

Kecha, 5-oktyabr kuni Turkiya Superligasining 8-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Istanbul Bashakshehir” klubi Izmir shahrida “Gyoztepe” jamoasi mehmoni boʻldi. Uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobi bilan gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda kiritilgan yagona golga braziliyalik hujumchi Xuan mualliflik qildi. Oldinroq aynan ushbu futbolchi penaltidan gol kirita olmagandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va toʻliq harakat qildi. Oʻyin davomida 38-marta toʻpga tegindi. Uzatmalarining 86 foizi aniq chiqdi. Darvoza tomon 1 ta aniq zarba yoʻllay oldi. Futbolchining harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6,2 ballga baholandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yana bir aʼzosi Abbosbek Fayzullayev esa 61-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshildi. Futbolchi jami 20-marta toʻpga tegindi. 81 foiz aniq uzatma amalga oshirdi. Oʻzi qatnashgan 4 ta yelkama-yelka kurashning 3 tasida gʻalaba qozondi. Abbosning harakatlari portal tomonidan 6,8 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, “Istanbul Bashakshehir” keyingi oʻyinini 18-oktyabr kuni oʻtkazadi. Oʻsha kuni jamoa oʻz maydonida amaldagi chempion “Galatasaray”ni qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring