Isroilning maktabga hujumi va AQSHning Kiyev (+video)
Shimoliy Nigeriyada suv toshqini millionlab aholiga zarar yetkazmoqda
Shimoliy Nigeriyaning Borno viloyatidagi Ngadda daryosidagi Alau toʻgʻoni qulashi oqibatida katta suv toshqinlari yuzaga keldi. Bu 1 million kishiga taʼsir qilishi aytilgan. Aholini uylarini tashlab qochishga majbur boʻldi. Fojia oqibatida kamida 30 kishi halok boʻlgan.
Ushbu toʻgʻon 30-yil oldin ham qulab tushgan. Ushbu toshqin mamlakatdagi eng yirik suv toshqinidan ikki yil oʻtib roʻy berdi. Viloyat rahbari koʻchirilgan odamlarni hujjatlashtirish ishlari boshlangandan keyin ikki millionga yetishi mumkin.
Aholi markaziy bozor vayron boʻlganidan beri oziq-ovqat qimmatlashganini aytmoqda. Toshqin mahalliy hayvonot bogʻlarini ham vayron qilgan va bir qancha jonzotlar qochib ketgan. Afrika davlatlari har yili yalpi ichki mahsulotning 5 foizini yoʻqotmoqda, chunki ular iqlim oʻzgarishidan dunyoning qolgan qismiga qaraganda koʻproq zarar koʻrmoqda. Jahon meteorologiya tashkilotining taʼkidlashicha, koʻplab Afrika davlatlari iqlimga moslashish siyosati uchun byudjetlarining 9 foizigacha sarflamoqda.
AQSH yana Ukrainaga pul ajratadi
Qoʻshma Shtatlar Ukraina uchun 700 million dollardan ortiq qoʻshimcha mablagʻ ajratmoqda. Bu haqda davlat kotibi Entoni Blinken maʼlum qildi.
Ayni dam Kiyevda boʻlib turgan yuqori martabali mulozimning soʻzlariga koʻra, 325 million dollar Ukraina energetika infratuzilmasini tiklashga koʻmaklashish uchun moʻljallangan. 290 million aholiga gumanitar yordam koʻrsatish, jumladan dori-darmon, oziq-ovqat, ichimlik suvi va boshqa zarur mahsulotlar xarid qilishga sarflanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, hududlarni minadan tozalash uchun Kiyevga taxminan 102 million dollar beriladi. Umumiy miqdor 717 million dollarni tashkil etadi.
Shuningdek, Buyuk Britaniya ham Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun yana 600 million funt sterling ajratishini maʼlum qilgan. Bu masala Qirollik tashqi ishlar vaziri Devid Lemmining Ukrainaga tashrifi chogʻida kelishilgan.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken tashrif chogʻida Ukraina rahbariyati bilan uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat berish masalasini muhokama qilgani va endi prezident Jo Baydenga muzokaralar natijalari haqida hisobot berishi haqida maʼlum qilgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, NATO davlatlari Ukrainaning alyansga aʼzo boʻlishi muqarrar ekanligini va mamlakat NATOga aʼzolik yoʻlida ekanligini aniq bildirishgan.
“Bloomberg” agentligining yozishicha, Ukrainaning Nyu-Dehlidagi elchisi Hindistondan Moskva va Kiyev oʻrtasidagi muzokarada moderatorlik qilishni soʻrayapti. Avvalroq “New York Times” gazetasi Ukraina rasmiylari Bosh vazir Narendra Modi Rossiya bilan ziddiyatga barham berish uchun hissa qoʻshish, bu jarayonda har qanday vazifani bajarishga tayyorligini aytganiga qaramay, Hindistonni vositachi sifatida koʻrmayotganini yozgandi.
Elchining fikricha, Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy aʼzoligini niyat qilayotgan boʻlsa, mojaroni hal qilishda faolroq boʻlishi kerak. Yaʼni, Nyu-Dehli RF va Ukraina oʻrtasida xabar uzatuvchi “pochtachi” roli bilan qanoatlanmasligi kerak.
Shuningdek, Kiyev Nyu-Dehliga ayni masala boʻyicha konferensiya oʻtkazishni taklif qilgan.
Isroilning Gʻazodagi maktabga hujumi
Isroil Gʻazoda joylashgan BMTga qarashli maktabga havo hujumlarini uyushtirdi. Ushbu zarbalar oqibatida kamida 18 kishi, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yordam va Ishlar Agentligining olti xodimi halok boʻldi. Bu haqda “Al-Jazeera” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Nuseyrat qochqinlar lagerida joylashgan maktab 12 mingga yaqin falastinliklarga, asosan ayollar va bolalarga boshpana edi. Bu voqea davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan keng qoralanmoqda.
BMTning maxsus tashkiloti Bosh komissari Filipp Lazzarini voqea haqida chuqur xavotir bildirdi va bu hujumlarni “tuganmas va maʼnosiz qotillik”ning bir qismi deb atadi. Agentlikning xabar berishicha, portlash natijasida Gʻazoda halok boʻlgan BMT xodimlarining umumiy soni 220 nafarga yetgan. Falastin fuqarolik mudofaasi maktabga beshinchi marta hujum uyushtirilganini tasdiqlagan.
Gʻazodagi koʻplab maktablar davom etayotgan toʻqnashuvlar tufayli koʻchirilgan oilalar uchun boshpanaga aylantirilgan. Shunga qaramay, Isroil kuchlari XAMAS bu binolardan harakat qilmoqda, deb daʼvo qilib, bir qancha maktablarga zarba berdi. Isroil harbiylari soʻnggi zarbada al-Jauniy qarorgohi ichidagi XAMAS qoʻmondonlik markazi nishonga olingani, ammo tinch aholi qurbonlarini minimallashtirish choralari koʻrilganini maʼlum qildi.
Falastin rasmiylari Isroilning HAMASning maktab va kasalxonalar kabi tinch aholi yashaydigan hududlardan faoliyat yuritishi haqidagi daʼvolarini rad etdi. Gumanitar tashkilotlar mojaro sharoitida tinch aholi va xavfsiz joylarni himoya qilishga chaqirishda davom etmoqda. Maktablarning vayron boʻlishi minglab odamlarni boshpanasiz qoldirib, Gʻazodagi gumanitar inqirozni yanada kuchaytirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring