Isroil Madrimov WBO reytingida yuqoriladi
Jahon boks tashkiloti (WBO) super yarimoʻrta vazn toifasidagi eng yaxshi bokschilar reytingini yangiladi. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar qildi.
Ahamiyatlisi shundaki, mazkur vazn toifasida jang qiluvchi sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov tashkilot reytingida oʻtgan oydagidan uch pogʻona yuqorilab, yettinchi oʻrindan joy oldi.
Ayni paytda WBO chempionlik kamari amerikalik Sebastyan Fundoraga tegishli boʻlib turibdi.
WBOning dekabr oyi uchun yangilangan reytingi quyidagicha koʻrinishga ega:
1. Xander Zayas
2. Charlz Konvell
3. Josh Kelli
4. Xorxe Garsiya
5. Cherdal Buker
6. Areal Xolms
7. Isroil Madrimov
8. Sergey Bogachuk
9. Nikita Szyu
10. Xesus Ramos.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring