Isroil Iordan daryosining Gʻarbiy sohilining shimolida keng koʻlamli operatsiyani boshladi

11:13 27 Noyabr 2025 Dunyo
336 0

Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) Iordan daryosining Gʻarbiy sohilidagi shimoliy hududlarda keng koʻlamli kontrterroristik operatsiyani boshladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Chorshanba kuni tongda SAXAL, chegara politsiyasi va Isroilning Xavfsizlik xizmati Shimoliy Samariyada keng miqyosli kontrterroristik operatsiya doirasida harakat boshladi,” — deyiladi rasmiy bayonotda.

Isroil harbiylari oʻz murojaatida “bu hududda terrorizmning ildiz otishiga yoʻl qoʻyilmasligi”ni aytib, terror faoliyatining oldini olish uchun zarur choralar koʻrilayotganini bildirdi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington Iordan daryosining Gʻarbiy sohilining mumkin boʻlgan Isroil tomonidan anneksiya qilinishiga yoʻl qoʻymasligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?