Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi “Al Jazeera” nashri.
Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminlovchi yirik inshoot faoliyati toʻxtatilgan.
Maʼlum qilinishicha, bu daʼvolar BMT tomonidan taqdim etilgan soʻnggi maʼlumotlar bilan mos kelgan. BMT oʻz bayonnomalarida Gʻazo hududidagi suvni tuzdan tozalab, ichishga yaroqli holga keltiruvchi zavodning yopilishini keskin qoralagan.
Gʻazo hukumatining matbuot idorasi bayonotida yana bir qancha muhim fikrlar ilgari surilgan.
Jumladan, Isroil harbiy kuchlari Gʻazodagi suv va kanalizatsiya infratuzilmasining 90 foizdan ortigʻini vayron qilgan. Shikastlangan infratuzilmani taʼmirlash uchun texnik xodimlarning hududga kiritilishiga esa toʻsqinlik qilgan hamda insonparvarlik burchlarini bajarayotgan ishchilarni nishonga olgan.
“Biz 1,7 milliondan ortiq suv bilan bogʻliq kasallanish holatlarini qayd etdik. Bundan tashqari, suvsizlanish va toʻyib ovqatlanmaslik tufayli koʻplab bolalar hamda falastinliklar halok boʻlmoqda”, — deyiladi Gʻazo matbuot idorasi maʼlumotlarida.
Shuningdek, Gʻazo hukumati xalqaro hamjamiyat va Birlashgan Millatlar Tashkiloti idoralariga murojaat yoʻllar ekan, Isroilning Gʻazoga nisbatan suvdan mahrum qilish jinoyatini zudlik bilan toʻxtatish va samarali choralar koʻrishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring