Ispaniya La Ligasi start oldi

09:39 17 Avgust 2025 Sport
235 0

15-avgust sanasidan Ispaniyada La Liga musobaqasining 2025–2026-yilgi mavsumi boshlandi. Kecha, 16-avgust kuni Flik boshchiligidagi “Barselona” jamoasi turnirdagi dastlabki oʻyinini oʻtkazdi.

Musobaqani “Malyorka” maydoniga safar qilish bilan boshlagan Kataloniya jamoasi ushbu oʻyinda 0:3 hisobiga gʻalaba qozondi. Gallarga Rafinya, Lamin Yamal va Ferran Torres mualliflik qildi.

Birinchi taymning oʻzida mezbonlarning 2 nafar futbolchisi – Manu Morlanes va Vedat Muriqiga qizil kartochka koʻrsatildi.

Shu tariqa Hans Flik jamoasi dastlabki turda gʻalaba qozondi. Endi “koʻk-anorranglilar” 24-avgust kuni musobaqaning 2-turi doirasida liga debyutanti “Levante” klubi mehmoni boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер