Ishonchim komil, yaqin kelajakda har bir oʻqituvchi munosib maosh oladi — Saida Mirziyoyeva

14:34 01 Oktyabr 2025 Siyosat
427 0

Qadrli oʻqituvchilar, aziz ustozlar!

Bu yil Sizni kasb bayramingiz bilan tabriklab, zahmatli mehnatingiz va fidoyiligingiz uchun minnatdorlik bildirish, fursatdan foydalanib, hukumatimiz pedagoglar hayoti hamda faoliyatini yengillashtiradigan koʻplab qarorlarni qabul qilganini aytib oʻtish menga alohida mamnuniyat bagʻishlamoqda.

Pedagoglar uchun imtiyozli ipoteka va taʼlim kreditlari joriy etildi, farzandlaringiz oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishida yordam koʻrsatiladigan boʻldi, imtiyozli aviachiptalar, davlat xizmatlari toʻlovlarini ikki barobar kamaytirish kabi qulayliklar yaratildi. Endilikda sertifikatga ega oʻqituvchilarga har oy 50 foizgacha ustama beriladi.

Ishonchim komil, yaqin kelajakda har bir oʻqituvchi munosib maosh oladi, bu kasbning obroʻyi esa yanada baland boʻladi. Bundan keyin ham jonajon Oʻzbekistonimizda hamma — birinchi sinf oʻquvchisidan tortib, prezidentgacha oʻqituvchi kirib kelganida oʻrnidan turib, doimo ehtirom koʻrsatishini istardim!

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar! Hamisha yonimizda boʻlib, bizni toʻgʻri yoʻlga boshlang!

Saida Mirziyoyeva,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер