Ishni sudga qadar yuritishda yagona tergov axborot tizimi joriy etiladi
“Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–105-son, 28.01.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda ishni sudga qadar yuritish masalalari boʻyicha “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi (Yagona tergov axborot tizimi) joriy etiladi.
Yagona tergov axborot tizimi orqali ishni sudga qadar yuritish masalalarida elektron hujjat almashish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
— Ichki ishlar vazirligi;
— Bosh prokuratura;
— Davlat xavfsizlik xizmati;
— Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi;
— Davlat bojxona qoʻmitasi;
— Milliy gvardiyaning surishtiruv va tergov organlari.
Yagona tergov axborot tizimining boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi, uning uzluksiz ishlashi, axborot xavfsizligi taʼminlanishi uchun Bosh prokuratura masʼul hisoblanadi.
Qaror bilan Yagona tergov axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlar roʻyxati tasdiqlandi.
Shunga koʻra, jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi mavjud maʼlumotlar surishtiruv va tergov organlarining elektron soʻrovi boʻyicha bepul asosda taqdim etiladi.
Qarorga muvofiq, Majburiy ijro byurosining 2022-yil 1-maydan Yagona tergov axborot tizimi sinov versiyasi, 2022-yil 1-avgustdan toʻliq versiyasi ishga tushiriladi.
Surishtiruv va tergov organlari xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻyicha oʻqitish Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari negizida tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring