Ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan tibbiyot xodimlari pora bila qoʻlga tushdi

11:17 10 Sentyabr 2025 Jamiyat
73 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida ishga joylashtirib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpogʻiton filiali xodimasi Z.K. fuqaro A.A.ni ushbu filialga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 32 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi X.Q. fuqaro U.Q.ni tanishlari yordamida Qarshi tuman markaziy poliklinikasiga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер