«IQMath — 2025»: olimpiada g‘olibiga BYD avtomobili!

Fan olimpiadalari markazi hamda Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti hamkorligida sovrin jamg‘armasi 2 milliard so‘m bo‘lgan “IQMath — 2025” matematika olimpiadasiga start berildi.
Mazkur bellashuv ikki bosqichda, ya’ni 1-bosqich: 1 — 10-aprel kunlari onlayn tarzda (60 daqiqada 30 ta test savoli beriladi va eng yaxshi 500 ishtirokchi finalga yo‘l oladi), 2-bosqich: 18 — 21-aprel kunlari Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitet binosida (90 daqiqada 5 ta vazifa beriladi) bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar yakuniy reyting natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
10 — 11-sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kollej bitiruvchilari hamda 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etadigan ushbu olimpiadaning 1-o‘rin sohibi BYD e2 avtomobili, 2-o‘rin “Apple iPad Pro M4” plansheti va 3-o‘rin egasi “Apple iPhone 16 Pro Max” smartfoni bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoa mukofot tariqasida yozgi maktab doirasida Angliyaga sayohat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi bosqichda qatnashgan barcha ishtirokchi universitet talabasi bo‘lganda 3 mln. so‘mlik “universitet stipendiyasi” sohibiga aylanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring