Iqlimshunoslar 2023-yilni tarixdagi eng issiq yil deb tan oldilar

21:31 09 Yanvar 2024 Dunyo
649 0

Illyustrativ foto

Oʻtgan yilda sayyoramizda 125 ming yil ichida eng yuqori yillik harorat qayd etilgan.

2023-yilda Yer sayyorasida 2016-yil natijalarini ortda qoldirib, yangi issiqlik rekordini oʻrnatildi. Bu haqda Yevropa iqlim agentligining Kopernik xizmati olimlari maʼlum qildi.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, oʻtgan yili global oʻrtacha harorat 14,98 °C tashkil etgan. Bu 2016-yil qayd etilgan avvalgi maksimal koʻrsatkichdan taxminan 0,6°C yuqoridir.

“Rekord yuqori haroratlar ketma-ket bir necha oy davom etdi: iyun, iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr. Faqat gʻayrioddiy issiq oy yoki mavsum emas, balki yarim yildan ortiq oʻta issiq ob-havo”, deydi Kopernik xizmati direktori oʻrinbosari Samanta Burgess.

Tadqiqotchilar 2023-yilda sayyoramizdagi oʻrtacha harorat sanoatdan oldingi darajadan 1,48 °C yuqori boʻlganini taʼkidladilar, bu iqlim tahdidini baholash uchun mezon boʻlib xizmat qiladi.

Olimlarning fikricha, ortiqcha miqdorining katta qismiga (1,48 °C dan 1,3 °C) uglevodorod yoqilgʻilarining yonishi, yana 0,1 °C Tinch okeanida kuzatilgan El-Ninyo hodisasi sabab boʻlgan.

AQSHning Vudvel iqlim tadqiqot markazining iqlimshunoslari oʻz hamkasblarining maʼlumotlariga izoh berib, Yerda bunday global oʻrtacha yillik harorat oxirgi marta taxminan 125 ming yil avval, insoniyat taraqqiyotning ibtidoiy bosqichida boʻlgan paytda qayd etilganini taʼkidladilar.

Kopernik xizmati mutaxassislarining fikricha, 2024-yil 2023-yildan ham issiqroq boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?