Iqlim oʻzgarishi, chang boʻronlari, yer degradatsiyasi, suv resurslari taqchilligi — yangi institut faoliyati shu kabi dolzarb ekologik muammolarga ilmiy yechim topishga qaratiladi

15:38 21 Noyabr 2022 Jamiyat
470 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Poʻlatov maʼlum qildi.

2022-yil 18-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Qarorda ushbu institut faoliyati uchun alohida bino ajratish va institutning “Ilmiy-tajriba stansiyasi”ni tashkil qilish koʻzda tutilgan.

2023-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi jamgʻarmasi hisobidan jami 1,5 mlrd soʻmlik 27 turdagi laboratoriya uskunasi va 19 turdagi reagent va butlovchi materiallar xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Institutda joriy yilning 10 oyi davomida 12 ta xoʻjalik shartnomalari asosida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?