Ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi
Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar ipoteka kreditlari boʻyicha yangi mexanizmlarni joriy etadi. Endilikda elektron garov xati orqali ipoteka munosabatlarini tartibga solish imkoniyati yaratilmoqda.
“Ipoteka toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” va “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, elektron garov xati bilan taʼminlangan majburiyatlarni bajarish, u boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish hamda undan foydalanish, shuningdek talab qilish huquqlari hamda garov xati tugatish massasiga kiritilmasligini nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etiladi.
Qonunga muvofiq, elektron garov xatiga oʻzgartirish kiritish uchun garov xatining qonuniy egasi va garovga qoʻyuvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida qoʻshimcha kelishuv shaklini toʻldirilishi kerak. Shuningdek, elektron garov xatlari boʻyicha huquqlar boshqa shaxslarga depo hisobvaragʻiga yozuv kiritish orqali oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring