“Inter Mayami” MLS pley-offini gʻalaba bilan boshladi
Futbol boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlari ligasi (MLS) pley-offining nimchorak final bosqichi start oldi. Uning ilk bahsida “Inter Mayami” jamoasi oʻz maydonida “Nashvill”ni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar qozondi.
Mayamiliklar tarkibida dubl muallifi — Leonel Messi va Tadeo Alyende gol urdi. Mehmonlardan esa yagona javob toʻpini Hani Muxtar kiritdi.
Uchrashuvdan soʻng “Sofascore” portali Messini oʻyin qahramoni deb topdi. Argentinalik superhujumchi harakatlari uchun 8,8 ball bilan baholandi.
Maʼlumot uchun, mazkur jamoalar oʻrtasidagi ikkinchi oʻyin 2-noyabr kuni, zarurat tugʻilsa hal qiluvchi uchinchi bahs 8-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring