Institut jamoasi xayriya hasharida faol

Mamlakatimizda har yili eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida umumxalq xayriya hasharini tashkil etish yaxshi anʼanaga aylangan. Joriy yilda 22-23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida mahallalar, aholi punktlari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, koʻchalarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu xayriya hashari Qoraqalpogʻistonda ham uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. Xususan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi bugun erta tongdan boshlab oliy taʼlim muassasasi atrofini koʻkalamzorlashtirish, begona oʻtlar va chiqindilardan tozalash, shuningdek, institut oʻquv auditoriyalari, laboratoriyalarni yangi oʻquv yiliga tayyorlashga kirishdi.
Shu oʻrinda aytish joizki, xayriya hashari obodonlik ishlari bilan birga jamoada hamjihatlik, birdamlik va mehr-oqibatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Gʻayrat OTAJONOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring