Inson resurslarini boshqarishda sunʼiy idrok imkoniyatlari taqdim etildi

16:38 05 Sentyabr 2025 Jamiyat
127 0

Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan davlat muassasalari va xususiy sektor bilan hamkorlikda boshqaruvda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va inson resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish boʻyicha dastur ishlab chiqildi.

Shu maqsadda Agentlik masʼullari, Rahbar kadrlarni tayyorlash markazi hamda 10 dan ortiq vazirlik va idoralar kadrlar boʻlimlari vakillari “Yangi Oʻzbekiston” universitetida boʻlib, inson resurslarini boshqarish tajribasi va samaradorlikni oshirishga qaratilgan taqdimotlar bilan tanishdi.

Universitet – dunyo va mamlakat tajribasidagi ilgʻor yutuqlarni mujassam etgan, barcha taʼlim muassasalari uchun namunaviy model sifatida xizmat qiladigan zamonaviy maskan hisoblanadi.

Taʼlim muassasasi vakillari tomonidan “inson omilisiz ishga qabul qilish” elektron platformasi namoyish etildi. U sunʼiy idrok yordamida minglab nomzodlar bilan onlayn suhbat oʻtkazish va munosib kadrlarni saralab olish imkonini beradi. Bu esa anʼanaviy usulda ishga qabul jarayoniga sarflanadigan vaqtni tejashga yordam beradi.

Maʼlumot oʻrnida, bunday platformalar bir qator rivojlangan davlatlarda, shuningdek, Amazon, Tesla, Samsung va LG kabi yirik kompaniyalarda qoʻllanib kelmoqda.

Tadbir yakunida ishtirokchilar boshqaruv va inson resurslarini samarali yoʻlga qoʻyishga oid qator tajribalar yuzasidan fikr almashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер