Innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalar namoyishi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Bugun poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari — CAITME — 2024” 15-Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.
“Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston, Avstriya, AQSH, BAA, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Fransiya kabi yigirmadan ortiq davlatlardan 403 ta kompaniya innovatsion ishlanmalar hamda texnologiyalar, yangi uskunalar va keng turdagi butlovchi qismlarni namoyish etayotir.

Masalan, Shveytsariyaning tola hamda kalava iplarni qayta ishlash tendensiyalarini yaratuvchi “Saurer” kompaniyasi mamlakatimizda ilk marotaba “Autoairo” yuqori tezlikdagi texnologiyasi, yangi “Zinser 51” halqa yigiruvchi mashinasi va “Autocard SC 7”ni ishtirokchilar e’tiboriga havola qilyapti.
E’tiborlisi, ushbu xalqaro namoyishda bu kabi muhim, energiya tejaydigan, yuqori samarali yangiliklar deyarli har bir stenddan o‘rin olgan.
Bunday xalqaro ko‘rgazmada birinchi marta ishtirok etayotgan xorijlik tadbirkorlar ham bor. Shulardan biri — Turkiyaning “Optimum Digital Planet” kompaniyasi.

— Kompaniyamiz 1994 yilda keng formatli poligrafiya sanoatida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, u to‘qimachilik, gilamlar, uy dekoratsiyasi kabi turli sohalar uchun ilg‘or bosma tizimlarni ishlab chiqaruvchi global brenddir, — deydi ushbu kompaniya rahbari Taner Guven. — Keyingi yillarda mamlakatingizda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar qiziqishimizni yanada oshirdi. O‘zbekistonda distribyutorlarimiz mavjud. Maqsadimiz bugungi tadbirda sheriklar topish va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Bunga esa ushbu xalqaro ko‘rgazma qulay fursat yaratdi.
Ta’kidlash joizki, ishbilarmon doiralar o‘rtasida o‘zaro muloqot platformasini yaratib berayotgan ushbu xalqaro ko‘rgazma 14 sentyabrga qadar davom etadi.












Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring