“Ingichka” koni texnogen chiqindilaridan ilk qimmatbaho mahsulot olindi

16:33 05 Sentyabr 2022 Jamiyat
643 0

Foto: Xalq so‘zi

Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yillar davomida toʻplangan texnogen chiqindilarni qayta ishlashga katta eʼtibor qaratgan. Chiqindilarni qayta ishlashga jalb etish samarali ekanligi oʻz isbotini topdi.

Samarqand viloyatida joylashgan “Ingichka” volfram koni joriy yilda «Olmaliq KMK» AJ tasarrufiga oʻtkazilgan. Mazkur konning texnogen chiqindilarini qayta ishlash va volfram konsentratini ajratib olish hisobiga yangi turdagi yuqori qoʻshilgan qiymatli eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Jumladan, “Ingichka” konidan ilk volfram mahsuloti olinishiga erishildi.

Endilikda “Ingichka” konining texnogen chiqindilarini qayta ishlash evaziga yiliga 100 tonna volfram olinadi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, "Xalq soʻzi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?