Indoneziyada maktab qulashi oqibatida halok boʻlganlar soni 52 nafarga yetdi

Arxiv foto
Indoneziyaning Sidoarjo shahrida maktab-internati binosining qulab tushishi oqibatida 52 kishi halok boʻlgan.
Diniy maktab-internatning koʻp qavatli binosi oʻtgan dushanba kuni oʻquvchilar asr namoziga yigʻilayotgan paytda qulab tushgan edi.
“Huquq-tartibot idoralari Sharqiy Yava shtatidagi Sidoarjo shahridagi Al-Xozini islom maktab-internati vayronalari ostidan yana yetti nafar jasadni topishdi. Shu tariqa halok boʻlganlarning umumiy soni 52 nafarga yetdi”, — deyiladi Detik portali xabarida.
Milliy qidiruv-qutqaruv agentligi operatsiyalari direktori Yudxi Bramantyo barcha qurbonlar vayronalar ostidan olib chiqilganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring