Imtiyozli bemorlar uchun davolanish narxi optimallashtirilishi orqali 80 milliard soʻm tejaldi

Illyustrativ foto
Davlat byudjeti hisobidan imtiyozli toifadagi fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar narxi optimallashtirilishi natijasida katta miqdordagi mablagʻlar tejab qolinib, qoʻshimcha tibbiy xizmatlar koʻrsatishga imkon yaratildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, 2023–2024-yillar davomida maxsus tibbiyot markazlari tomonidan taqdim etilgan xizmat narxlari tahlil qilinib, ayrim ortiqcha xarajatlar qisqartirildi. Natijada xizmatlarning bazaviy narxi oʻrtacha 5 – 20 foizgacha pasaygan.
2023-yilda ushbu oʻzgarishlar hisobiga 60 milliard soʻm tejalib, qoʻshimcha 5 ming bemorga yordam koʻrsatilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2024-yilda 80 milliard soʻmni tashkil etib, yana 6 mingga yaqin bemor davolanish imkoniga ega boʻldi.
Taʼkidlash joiz, prezidentning 2024-yil 5-sentyabrdagi qaroriga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasidagi narxlar va kasalliklar roʻyxati tegishli vazirlik hamda tashkilotlar bilan kelishilgan holda yangilanmoqda.
Avvalroq Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan “Sofosbuvir-400 mg” dori vositasining joriy yildagi toʻrtinchi partiyasi Toshkentga yetkazilgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring