Ilon Mask Oq uyni tark etdi
Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U “X” ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:
“Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi”, — deb yozdi Mask.
Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan “Samaradorlik departamenti” bilan bogʻliq edi.
Mask oʻz lavozimidan ketishi oldidan, CBC telekanaliga bergan intervyusida Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan yangi byudjet va soliq qonun loyihasini tanqid qildi. Unga koʻra, taklif etilgan chora-tadbirlar byudjet taqchilligini oshiradi hamda hukumat samaradorligini taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlarga zid keladi.
Shu bilan Ilon Maskning Tramp maʼmuriyati bilan rasmiy hamkorligi yakunlandi, ammo u davlat boshqaruvi va siyosiy jarayonlar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirishda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring