Ilk bor oʻq otish sportida yosh merganimiz Jahon kubogida sovrindor boʻldi
Shu kunlarda Germaniyaning Zul shahrida oʻq otish sporti boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogining bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Quvonarlisi, unda yosh sportchimiz ushbu darajadagi musobaqada ilk bor shohsupaga koʻtarildi.
Medal yigitlar oʻrtasida 10 metr masofaga toʻpponchadan otish dasturida Muhammad Kamolov tomonidan qoʻlga kiritildi. Hamyurtimiz faqatgina hindistonlik sportchilardan pastroq natija qayd etdi. Mazkur dasturda 70 sportchi saralash bosqichida bahslarga kirishgan edi. Final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan 8 mergan orasida Muhammad Kamolovdan tashqari boshqa bir vakilimiz Veniamin Nikitin ham medallar uchun kurashdi. Nikitin finalda sakkizinchi natijani qayd etdi.
Oʻq otish boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogi
Yigitlar, 10 metr, toʻpponcha:
1. Shiva Narval (Hindiston)
2. Sarabjot Singx (Hindiston)
3. Muhammad Kamolov (Oʻzbekiston) ...
8. Veniamin Nikitin (Oʻzbekiston).
Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasining maʼlum qilishicha, bu yosh merganlarimizning Jahon kubogi bosqichlarida qoʻlga kiritgan ilk medali sifatida yodda qolmoqda. Bungacha kattalar oʻrtasidagi Jahon kubogida 2 bora (1999 va 2008) shohsupaga koʻtarilganmiz.
Zuldagi musobaqada dunyoning 50 davlatidan 516 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bugun ham bir qator dasturlarda terma jamoamiz vakillari medallar uchun kurash olib boradilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring