Ikki viloyatda gaz oʻgʻrilari qoʻlga tushdi
Fargʻona va Namangan viloyatlarida katta miqdorda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xususan, Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida joylashgan “Furqat” MFYda YTT L. Z. ga qarashli novvoyxonada isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma imzolamasdan, tegishli loyiha-texnik hujjatlarisiz, oʻzboshimchalik bilan bir martalik tamgʻasi yoʻq boʻlgan hisoblagich oʻrnatib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 315 million 360 ming soʻmlik zarar qayd etildi.
Fargʻonaning Quva tumanidagi “Yangi hayot” MFYda joylashgan oilaviy shifokorlik punktida ham tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, bir martalik tamgʻani qasddan buzib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi. Mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 231 million 198 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Boshqa bir holatda Qoʻqon shahar “Taraqqiyot” MFYda istiqomat qiluvchi S. U. oʻz xonadonidagi korxonada gaz tarmogʻiga tegishli hujjatlarsiz, hisoblagichdan tashqari ulanib, tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Holat boʻyicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 760 million 317 ming soʻmlik zarar hisoblandi.
Yuqoridagi holatlar boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring