Ikki hududda oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik fosh etildi

Foto: Prokuratura departamenti
Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda poytaxtdagi xususiy universitet xodimi Z.O. fuqaro T.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali unga qoʻshni Qozogʻiston yoki Tojikiston davlatidagi oliy oʻquv yurtining 2 kursini oʻqib tugatganligi toʻgʻrisida soxta hujjat tayyorlab, oʻzi ishlayotgan xususiy universitetning 3 kursidan oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1,5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Taxtakoʻpir tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.J. fuqaro M.O.ning ishonchiga kirib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nukus shahridagi Tibbiyot kollejiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga firibgarlik yoʻli bilan 1000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring